#uzbekamnesty

MOST RECENT

Yevropa Inson Huquqlari Mahkamasining 172 banddan iborat hukmi Oʻzbekiston fuqarosining Moskvadan oʻgʻirlanib, Toshkentga topshirilishini noqonuniy, deb topadi. Mirsobir Hamidqoriyev 2014 yil yozida kechki payti shundoq koʻchadan gʻoyib boʻlgandi. Guvohlarga koʻra, ikki nafar nomaʼlum shaxs uni mashinaga solib olib ketishgan. Keyin Toshkentdan daragi chiqadi. Hozir u Oʻzbekistonda qamoqda qolayotgani aytiladi. Yevropa Inson Huquqlari Mahkamasi hujjatida oʻzbekistonlik Hamidqoriyevning oʻgʻirlanishida Rossiya xavfsizlik kuchlari, yaʼni FSBning qoʻli borligi haqida ishga aloqador shaxslar va vakillarning koʻrsatmalari ham oʻrin olgan.Tafsilotlari bbcuzbek.com, Facebook va qolgan ijtimoiy muloqot tarmoqlaridagi sahifalarimizda.#bbc #bbcuzbek #uzbekistan #tashkent #islamkarimov #узбекистон #узбекистан #узбек #тошкент #world #travel #shavkatmirziyoev #shavkatmiromonovichmirziyoyev #люди #life #people #uzbekistanpolitics #uzbekistanelections2016 #uzbekistanpresidentialelections #uzbekamnesty #uzbekprisoners #uzbekhumanrights

O'zbekistonda amnistiya qo'llash to'g'risida qaror amalga tadbiq etilayotgani va 40, 000 ga yaqin mahbusga avf qo'llanilishi haqida xabar qilinadi. Amnistiya qarori o'tgan yilning 12 oktyabrida O'zbekiston Senati yalpi majlisida qabul qilingandi. O'zbekiston Konstitutsiyasi 24 yilligi munosabati bilan qabul qilingan avf to'g'risidagi qarorga binoan, ayollar, jinoyatni sodir etgan vaqtda 18 yoshga to'lmagan shaxslar, 60 yoshdan oshgan erkaklar, I yoki II guruh nogironlari, jumladan sil kasalligining faol shakliga chalingan deb e'tirof etilgan shaxslar hamda chet el fuqarolari jazodan ozod qilinishi ko'zda tutilgan. Amnistiya haqidagi qarorning amalga oshirilishi uchun mas'uliyat O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilgandi. Bu Islom Karimov vafotidan keyin e'lon qilingan birinchi amnistiyadir..Tafsilotlari bbcuzbek.com, Facebook va qolgan ijtimoiy muloqot tarmoqlaridagi sahifalarimizda.#bbc #bbcuzbek #uzbekistan #tashkent #islamkarimov #узбекистон #узбекистан #узбек #тошкент #world #travel #shavkatmirziyoev #shavkatmiromonovichmirziyoyev #люди #life #people #uzbekistanpolitics #uzbekistanelections2016 #uzbekistanpresidentialelections #uzbekprisoners #uzbekamnesty

Men Shavkat Mirziyoyev bilan 1989 yilda tanishganman. Oʻshanda u Irrigatsiya institutida oʻqituvchi boʻlib yurgan kezlar edi. Gorbachevning oshkoralik yillari. Men Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasida org. sekretar edim. Bir kuni sinfdoshim, texnika fanlari doktori, professor Abdurahmon Rajabov va doʻstim, Irrigatsiya instuti prorektori Sodiq Xoliqulov mening oldimga kelishdi va Kuybishev (hozirgi Mirzo Ulugʻbek) tumanidan Duxovniy (Oʻrta Osiyo Irigatsiya ilmiy tadqiqot instituti direktori), Ajiganov (Oliy Milisa maktabi direktori) va Mirziyoyev (Toshkent Irigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash instituti oʻqituvchisi)lar nomzodlari Oʻzbekiston Oliy Kengashi deputatligiga qoʻyilganini aytishdi. U zamonda Pushkin koʻchasi, 1-uyda joylashgan uyushma obroʻsi juda yuksak edi. Abdurahmon Rajab mening milliy gʻururim har narsadan ustunligini bilardi. Shunga quyidagi tarzda soʻz boshladi:
-Doʻstim, qachongacha yotlar xoʻjayin boʻladi, yurtimizda? Oʻzbekdan ham chiqsin -da, endi. Duxovniy degani ming yildan beri boshliq. Anavisi ham shunday...Tafsilotlari bbcuzbek.com, Facebook va qolgan ijtimoiy muloqot tarmoqlaridagi sahifalarimizda.#bbc #bbcuzbek #uzbekistan #tashkent #islamkarimov #узбекистон #узбекистан #узбек #тошкент #world #travel #shavkatmirziyoev #shavkatmiromonovichmirziyoyev #люди #life #people #uzbekistanpolitics #uzbekistanelections2016 #uzbekistanpresidentialelections #uzbekamnesty #uzbekprisoners #uzbekhumanrights

"Qiynoqlarga chek qoʻying. Fundamental inson haqlarini hurmat qiling. Asosiy eʼtiboringizni inson huquqlari bilan bogʻliq ahvolni oʻnglashga qarating". "Human Rights Watch" xalqaro inson haqlarini himoya qilish tashkiloti bu kabi daʼvat bilan Markaziy Osiyo davlatlari liderlariga chiqqan. Rahbariyatlar almashayotgan va ichki siyosatda band ekan, ular eng avvalo bu masalaga jadallik bilan eʼtibor qaratishlari lozimligini aytgan. "Human Rights Watch"ning bu daʼvati kecha - payshanba kuni eʼlon qilgan yangi - 687 sahifali "World 2017" yillik hisobotida yangragan. Bu hisobotda xulosa qilinishicha, 2016 yilda Markaziy Osiyo davlatlari liderlarining qudratni oʻz qoʻllarida jamlash harakatlari inson huquqlari bilan bogʻliq ahvolga putur yetkazgan.Tafsilotlari bbcuzbek.com, Facebook va qolgan ijtimoiy muloqot tarmoqlaridagi sahifalarimizda.#bbc #bbcuzbek #uzbekistan #tashkent #islamkarimov #узбекистон #узбекистан #узбек #тошкент #world #travel #shavkatmirziyoev #shavkatmiromonovichmirziyoyev #люди #life #people #uzbekistanpolitics #uzbekistanelections2016 #uzbekistanpresidentialelections #uzbekamnesty #uzbekprisoners #uzbekhumanrights

Umrining 17 yilini qamoqda oʻtkazgan yozuvchi Mamadali Mahmudovning rafiqasi Gulsara Mahmudova vafot etgan. Prezident Karimov davrida siyosiy va diniy eʼtiqodi uchun qamoqqa tashlanganlarning soni boʻyicha aniq maʼlumotlar yoʻq. Karimov qurgan jamiyat bu kabi mahkumlarning juftlari, oila aʼzolari va qarindoshlarini asosan xorlab kelgani maʼlum. Gulsara Mahmudova oʻz erining ozodligi uchun sabr bilan kurashgan, koʻp ehtimolki minglab oʻzbek ayollaridan biri edi. 2013 yilda Mamadali Mahmudov ozod etilar ekan, BBC Oʻzbek xizmati Gulsara opa bilan bogʻlangan edi. Gulsara opa erining kutilmaganda kirib kelganini, farzandlari va nabiralarini koʻrib, juda xursand boʻlganini aytgandi. "Doim umid bilan yashagandik", deb aytgan edi Gulsara Mahmudova.Tafsilotlari bbcuzbek.com, Facebook va qolgan ijtimoiy muloqot tarmoqlaridagi sahifalarimizda.#bbc #bbcuzbek #uzbekistan #tashkent #islamkarimov #узбекистон #узбекистан #узбек #тошкент #world #travel #shavkatmirziyoev #shavkatmiromonovichmirziyoyev #люди #life #people #uzbekistanpolitics #uzbekistanelections2016 #uzbekistanpresidentialelections #uzbekamnesty #uzbekprisoners #uzbekhumanrights #mamadalimahmudov

Davlat rahbarlarining qudratga kelgan dastlabki 100 kunlik boshqaruvlariga nazar tashlab, baho berishning yozilmagan anʼanasi deyarli 100 yildan beri mavjud. Yangi rahbarning dastlabki qadamlari va qarorlari asosida uning qudrati va taʼsiriga baho berishga qaratilgan "Prezidentlikning ilk 100 kuni" iborasi 1933 yili AQShning navbatdagi prezidenti Franklin Ruzveltning radio murojaatida birinchi bor tilga olingandi. Oʻsha-oʻsha tahlilchilar har bir prezidentning vazifasiga kirishgan ilk oylarida qilgan ishlari va amallarini chamalab, bu yogʻiga qay yoʻnalishda ketishini bashorat qilishni "odat" qilganlar. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasman saylanganiga bir oy toʻldi. Lekin mamlakatni amalda 100 kundan koʻproq boshqarmoqda. Uning ilk boshqaruv oylari yoʻrigʻini qanday baholasak boʻladi? Oʻzgacha yoki yangicha boshqaruv falsafasiga guvoh boʻlmoqdamizmi?Tafsilotlari bbcuzbek.com, Facebook va qolgan ijtimoiy muloqot tarmoqlaridagi sahifalarimizda.#bbc #bbcuzbek #uzbekistan #tashkent #islamkarimov #узбекистон #узбекистан #узбек #тошкент #world #travel #shavkatmirziyoev #shavkatmiromonovichmirziyoyev #люди #life #people #uzbekistanpolitics #uzbekistanelections2016 #uzbekistanpresidentialelections #uzbekamnesty #uzbekpolitics

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat kuch tizimlaridagi birinchi oʻzgarishni amalga oshirgan. Abdusalom Azizov ichki ishlar vaziri etib tayinlangan. Sobiq vazir Adhamjon Ahmadboyev Prezidentning huquq-tartibot idoralari boʻyicha Davlat maslahatchisi etib tayinlangani xabar qilinmoqda. Abdusalom Azizov bunga qadar Jizzaxt viloyat ichki ishlar boshqarmasi va 2008-2009 yillarda ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlgani aytiladi. U 2006-2008 yillarda "Oʻzneftmahsulot" bosh direktori lavozimida ham ishlagan. Abdusalom Azizov oxirgi uch yilda ichki ishlar vazirligiga tayinlanayotgan uchinchi rahbardir.Tafsilotlari bbcuzbek.com, Facebook va qolgan ijtimoiy muloqot tarmoqlaridagi sahifalarimizda.#bbc #bbcuzbek #uzbekistan #tashkent #islamkarimov #узбекистон #узбекистан #узбек #тошкент #world #travel #shavkatmirziyoev #shavkatmiromonovichmirziyoyev #люди #life #people #uzbekistanpolitics #uzbekistanelections2016 #uzbekistanpresidentialelections #uzbekamnesty #interiorministry #interiorminister #uzbekreshuffle

Inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha qator tashkilotlar, xususan Hyuman Rayts Votch va Xalqaro Amnesti O'zbekiston hukumatidan 17 yildirki qamoqda qolayotgan jurnalist Muhammad Bekjonni ozod qilishni so'rashmoqda. 62 yoshli Muhammad Bekjonov kelgusi yanvarda ozod etilishi kutilayotgandi, ammo shu kunlarda jazo izolyatoriga tashlangan. Huquq tashkilotlariga ko'ra, odatda buning ortidan tutqunning jazo muddati uzaytiriladi. Bekjonov oilasiga ko'ra, u Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi 48-turmada saqlanmoqda. Uning akasi Jumanazar Bekjonov 13 dekabrь kuni uni ko'rishga borganida, turma rasmiylari u jazo izolyatorida ekani va 10 yanvargacha uni ko'rish mumkin emasligini aytganlar. Turmadagi bironta rasmiy u nega va qachon jazo izolyatoriga tashlanganini aytmaganlar. Jurnalistik faoliyati uchun eng ko'p muddatni qamoqda o'tkazayotgan Bekjonovning sog'lig'i yomonlashgani aytiladi.Tafsilotlari bbcuzbek.com, Facebook va qolgan ijtimoiy muloqot tarmoqlaridagi sahifalarimizda.#bbc #bbcuzbek #uzbekistan #tashkent #islamkarimov #узбекистон #узбекистан #узбек #тошкент #world #travel #shavkatmirziyoev #shavkatmiromonovichmirziyoyev #люди #life #people #uzbekistanpolitics #uzbekistanelections2016 #uzbekistanpresidentialelections #uzbekamnesty #uzbekprisoners #uzbekhumanrights #humanrightswatch

Diniy ayblovlar bilan mahkamaga tortilgan o'zbekistonlik yigitning ozodlikka chiqarilishini hech kim kutmagandi. Biroq Toshkentdagi mahkama joriy hafta Ziyomiddin Sunnatilaevga 3 yil 7 oylik shartli jazo tayinladi-da, keyin uni ozodlikka chiqarishga qaror qildi. Ma'lum bo'lishicha, Ziyomiddin hukmgacha hibsda bo'lgan. U bilan birga mahkamaga tortilgan yana ikki yigit esa tergov paytida ham ochiqda yurganlar. "Bunday voqeaga ilk marta guvoh bo'ldim" - deydi bu borada xabar tarqatgan toshkentlik huquqbon Surat Ikromov - "Chunki 244- va 159-moddalar kamida 5 yo 7 yillik qamoq jazosini ko'zda tutardi". Faollarga ko'ra, ayni hukm yagona holat emas va hozir boshqa moddalar bo'yicha yengilroq jazo olganlar ozodlikka chiqqan hollar bor. "Taqiqlangan tashkilotlar tuzishni ko'zda tutuvchi 216-modda bilan 2-3 yillik qamoqqa hukm qilinganlardan ba'zilari yaqinda chiqarildi" - deydi suhbatdoshimiz.Tafsilotlari bbcuzbek.com, Facebook va qolgan ijtimoiy muloqot tarmoqlaridagi sahifalarimizda.#bbc #bbcuzbek #uzbekistan #tashkent #islamkarimov #узбекистон #узбекистан #узбек #тошкент #world #travel #shavkatmirziyoev #shavkatmiromonovichmirziyoyev #люди #life #people #uzbekistanpolitics #uzbekistanelections2016 #uzbekistanpresidentialelections #uzbekamnesty #uzbekprisoners #uzbekhumanrights

O'zbekistonda eng uzoq qamoqda qolayotgan jurnalist Muhammad Bekjonning jazo muddati yana uzaytirilishi mumkin. BBC O'zbek xizmatiga 62 yashar jurnalistning qizi Oygul Bekjonning aytishicha, otasi yana jazo izolyatoriga tashlangan. "Ular otamni yana ikki oydan keyin chiqarishlari kerak edi. Maqsad yana uning qamoq muddatini uzish...Biz bu xabarni eshitib dahshatga tushdik", deydi Oygul Bekjon. Muhammad Bekjon Zarafjon turmasida saqlanmoqda. 13 dekabr kuni jurnalistning yaqinlari uni ziyorat qilish uchun borishgan, ammo qamoqxona nozirlari buning imkoni yo'qligini aytishgan. Muhammad Bekjonning yaqinlari jurnalistning jazo izolyatorida ekanini aytishar ekan, bunga biror bir sabab ko'rsatishmagan.Tafsilotlari bbcuzbek.com, Facebook va qolgan ijtimoiy muloqot tarmoqlaridagi sahifalarimizda.#bbc #bbcuzbek #uzbekistan #tashkent #islamkarimov #узбекистон #узбекистан #узбек #тошкент #world #travel #shavkatmirziyoev #shavkatmiromonovichmirziyoyev #люди #life #people #uzbekistanpolitics #uzbekistanelections2016 #uzbekistanpresidentialelections #uzbekamnesty #uzbekprisoners #uzbekhumanrights #muhammadbekzhan

O'zbekistonda hokimiyat uchun yashirin kurashlarning parda orqasidagi yuzlaridan bo'lgan Bosh vazir o'rinbosari Rustam Azimovning siyosiy hayoti jiddiy burilish nuqtasida turgan ko'rinadi. Ko'pchilik kutganining aksiga, iqtidordagi O'zbekiston Liberal-Demokratlar partiyasi dushanba kuni Shavkat Mirziyoyevdan bo'shagan Bosh vazirlik lavozimiga 11 yil davomida uning birinchi o'rinbosari bo'lib ishlab kelgan Azimovni emas, balki yaqinda hukumatga qaytarilgan vitse-prem'er - Abdulla Aripov nomzodini ko'rsatdi. Garchi Aripov hali Bosh vazir lavozimiga tasdiqlanmagan bo'lsa-da, Bosh vazirni tayinlashning mamlakat Konstitutsiyasida nazarda tutilgan protsedurasining o'ziyoq boshqa har qanday ehtimolni istisno qiladi. Shunday qilib, yillar davomida marhum Islom Karimovning ehtimoliy siyosiy vorislaridan biri sifatida ko'rilgan 58 yoshli Rustam Azimov mamlakatdagi ikkinchi qudratli lavozimni egallamaydi. BBC suhbatlashgan O'zbekiston ichkarisi va tashqarisidagi tahlilchilarning aksari Azimov Moliya vaziri va Bosh vazir o'rinbosari lavozimlarini saqlab qoladi, degan fikrda. Ammo uning hokimiyatdagi yuqori lavozimni qancha muddat egallab turishi borasida fikrlar turlicha.i.Tafsilotlari bbcuzbek.com, Facebook va qolgan ijtimoiy muloqot tarmoqlaridagi sahifalarimizda.#bbc #bbcuzbek #uzbekistan #tashkent #islamkarimov #узбекистон #узбекистан #узбек #тошкент #world #travel #shavkatmirziyoev #shavkatmiromonovichmirziyoyev #люди #life #people #uzbekistanpolitics #uzbekistanelections2016 #uzbekistanpresidentialelections #uzbekamnesty #uzbekprimeminister #abdullaaripov #премьерминистр

O'zbekistonning yangi saylangan prezidentidan mamlakatdagi "inson huquqlari bilan bog'liq abgor ahvolni yaxshilash yo'lida aniq qadamlar qo'yishi lozim"ligini aytdi. Bu xalqaro inson haqlarini saqlash tashkiloti nazdida Shavkat Mirziyoyev va uning ma'muriyati kelasi 5 yil ichida:
-Siyosiy mahbuslarni ozod etishi
-Birlashgan Millatlar Tashkilotining mas'ul idoralari bilan hamkorlik qilishi
-Qiynoqlarga chek qo'yishi
-Matbuotga qo'yilgan cheklovlarni bekor qilishi
-Fuqaroviy Jamiyatlarni o'z xoliga qo'yishi
-Diniy e'tiqod erkinligini ta'minlashi
-Jinsiy ozchiliklarga qarshi diskriminatsiya hollariga chek qo'yishi
-Majburiy mehnatga yakun yasashi
-Andijon qirg'ini yuzasidan mustaqil tergovga izn berishi lozim...Tafsilotlari bbcuzbek.com, Facebook va qolgan ijtimoiy muloqot tarmoqlaridagi sahifalarimizda.#bbc #bbcuzbek #uzbekistan #tashkent #islamkarimov #узбекистон #узбекистан #узбек #тошкент #world #travel #shavkatmirziyoev #shavkatmiromonovichmirziyoyev #люди #life #people #uzbekistanpolitics #uzbekistanelections2016 #uzbekistanpresidentialelections #uzbekamnesty #uzbekprisoners #uzbekhumanrights #humanrightswatch

Britaniyada chiqadigan dunyoning eng nufuzli jurnallaridan biri The Economist O'zbekistonda kechgan prezidentlik saylovlari haqida maqola chop etgan. Maqola "O'zbekiston bir qattiqqo'l rahbarni boshqasi bilan almashtirdi" degan sarlavha ostida nashr qilingan. Muallif Samarqandga dafn etilgan Islom Karimovning qabridagi gullar, tilovat va qabr boshiga kelayotganlar tasvirlar ekan, "bu mozorga ko'milgan shaxs avliyo va xon emas edi, zotan o'zini ayrim payt xonlarday tutgandi... Bu O'zbekistonni o'limiga qadar - 27 yil boshqargan Islom Karimovning qabri", deb yozadi. "O'zining tanqidchilari uchun janob Karimov shafqatsiz zolim edi, inson huquqlarini qo'pol ravishda poymol qilar, 2005 yilda esa uning xavfsizlik kuchlari Andijonda namoyishlarni qonga botirgandi. Ammo 30 millionlik O'zbekistonning aksariyat fuqarolari uchun Karimov o'limidan keyin bir bo'shliq qoldirdi", deb yozadi The Economist. Toshkentlik Abjumajid ismli yosh yigitning so'zlarini keltirgan muallif uning boshqa bir rahbar ko'rmaganini urg'ulaydi. "U bizning bobomiz edi. Bizni tashlab ketdi", deydi Abdumajid. Ammo muallifga ko'ra, 78 yoshda bo'lgan Karimovning o'limi uning davri tugaganini anglatmagan ko'rinadi. Tafsilotlari bbcuzbek.com, Facebook va qolgan ijtimoiy muloqot tarmoqlaridagi sahifalarimizda.#bbc #bbcuzbek #uzbekistan #tashkent #islamkarimov #узбекистон #узбекистан #узбек #тошкент #world #travel #shavkatmirziyoev #shavkatmiromonovichmirziyoyev #люди #life #people #uzbekistanpolitics #uzbekistanelections2016 #uzbekistanpresidentialelections #uzbekamnesty #uzbekprisoners #uzbekhumanrights

O'zbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ilk davlat safari Rossiyaga bo'lishi haqida "Izvestiya" gazetasi yozdi. Buning ortidan prezident Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Rossiyaga kelishini xush qarshilashi xaqida aytdi. "Izvestiya" gazetasiga ayni xabarni "O'zbekiston hukumatidagi yuqori lavozimli manba" ham tasdiqlagan. Gazetaga ishoniladigan bo'lsa, O'zbekistonda Mirziyoyevning kelasi yil qish yoki bahor oylariga mo'ljallanayotgan safari tayyorgarlik boshlanib ketgan. 4 dekabrda 88.61 foiz bilan prizidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoyevning rasman qasamyod qilish marosimi uchun hali aniq kun belgilanganicha yo'q. Shuningdek, O'zbekistonning rasmiy axborot agentliklari Mirziyoyevning Moskvaga safari haqida xabar berishmagan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni saylovda g'alabasi bilan birinchilardan bo'lib tabriklagan edi. O'shandayoq Kreml matbuot xizmatining bildirishicha, Putin Mirziyoyevni Rossiyaga taklif qilgan va "taklif mamnuniyat bilan qabul qilingan". Putin shuningdek, Mirziyoyevga tabrik telegrammasi ham yo'llagan. O'zbek tomoni telefon muloqoti Rossiya tomoni tashabbusi bilan bo'lib o'tganini ham qo'shimcha qilgan. "O'zbekiston va Rossiya rahbarlari strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, shuningdek, ikki tomonlama aloqalarga doir barcha sohalarda hamda dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar bo'yicha ishonchli, ochiq va konstruktiv davlatlararo muloqotni izchil davom ettirish va jadal rivojlantirishga qat'iy tayyor ekanliklarini bildirdilar", - deyiladi rasmiy xabarda.Tafsilotlari bbcuzbek.com, Facebook va qolgan ijtimoiy muloqot tarmoqlaridagi sahifalarimizda.#bbc #bbcuzbek #uzbekistan #tashkent #islamkarimov #узбекистон #узбекистан #узбек #тошкент #world #travel #shavkatmirziyoev #shavkatmiromonovichmirziyoyev #люди #life #people #uzbekistanpolitics #uzbekistanelections2016 #uzbekistanpresidentialelections #uzbekamnesty #russia #putin #kremlin

O'zbekistonda prezident saylovida ovoz berish yakunlandi. To'rt nomzod qatnashgan ayni saylovda kim g'alaba qilishi aksariyat uchun sir emas. BBC O'zbek xizmati o'tgan hafta Facebook va Odnoklassnikidagi o'quvchilariga murojaat qilib, siz prezident bo'lsangiz ishni nimalardan boshlar edingiz, deb so'radi. Qolgan savollarimiz bular: Bugun O'zbekiston uchun eng yirik va muhim masala nima? Siz bu masalani qanday hal etardingiz? Ijtimoiy tarmoqlardagi bu savollarga kelgan aksariyat javoblar tahrir qilinmadi...Tafsilotlari bbcuzbek.com, Facebook va qolgan ijtimoiy muloqot tarmoqlaridagi sahifalarimizda.#bbc #bbcuzbek #uzbekistan #tashkent #islamkarimov #узбекистон #узбекистан #узбек #тошкент #world #travel #shavkatmirziyoev #shavkatmiromonovichmirziyoyev #люди #life #people #uzbekistanpolitics #uzbekistanelections2016 #uzbekistanpresidentialelections #uzbekamnesty #uzbekvoters #socialmedia #haveyoursay

Ovro'po Ittifoqining Tashqi masalalar bo'yicha idorasi O'zbekistonda eng uzoq qamoqda qolgan siyosiy mahbus Samandar Qo'qonovning ozod etilishi borasida bayonot chiqardi. Unda aytilishicha, "Samandar Qo'qonovning ozod etilishi mamlakatdagi umumiy siyosiy vaziyat va kelajakda ikki tomonlama munosabatlarning mustahkamalanishi ehtimoli haqida umidbaxsh xabardir". Bayonotda ilova qilinishicha, dekabr oyi boshlarida kuchga kirajak Amnistiya haqidagi farmonga binoan yanada ko'proq mahbuslarning ozod etilishi bu yo'nalishda qo'yilgan ijobiy qadam bo'lur edi. "Ovro'po Ittifoqi O'zbekiston bilan inson huquqlari sohasida, jumladan yillik asosda o'tkaziladigan muloqotlar doirasida hamkorlikni davom ettiradi", deyilgan bayonotda. 2005 yil may oyida Andijondagi ko'p ming sonlik aksari qurolsiz bo'lgan namoyishchilarga hukumat kuchlari o't ochganidan so'ng, Ovro'po Ittifoqi va O'zbekiston o'rtasidagi munosabatlar sovuqlashib, Toshkentga nisbatan jazo choralari joriy etilgandi. Jazo choralari 2009 yilga kelib bekor qilingan va kuzatuvchilarning aytishlaricha deyarli natijasiz bo'lgan. O'tgan hafta AQShning O'zbekistondagi elchixonasi ham Samandar Qo'qonovning erkinlikka chiqarilishini xush qarshi olishi haqida bayonot chiqargandi.Tafsilotlari bbcuzbek.com, Facebook va qolgan ijtimoiy muloqot tarmoqlaridagi sahifalarimizda.#bbc #bbcuzbek #uzbekistan #tashkent #islamkarimov #узбекистон #узбекистан #узбек #тошкент #world #travel #shavkatmirziyoev #shavkatmiromonovichmirziyoyev #люди #life #people #uzbekistanpolitics #uzbekistanelections2016 #uzbekistanpresidentialelections #uzbekamnesty #uzbekprisoners #uzbekhumanrights #samandarqoqonov #europeanunion

Azizlar, mening o'g'lim Ulug'bek Eshov 1975 yilda tavallud topgan. 1993 yilda Toshkentda bir xonadonni tunagan sherigi A.S bilan birga bo'lgan. Ular kirgan xonadon egasi qo'rqqanidan qichqirgan, "yordam beringlar", deb dod solgan. O'shanda kichik serjant bo'lgan bir kishi uyiga qaytayotgan bo'ladi. Yordamga kiradi. Militsiyaga xabar qilishadi. Yakkasaroy Ichki ishlar xodimlari yetib kelishadi. A.ning sumkasidan ayrim ashyolar chiqadi. Ular orasida sun'iy charmdan kurtka, sport kiyimi chiqadi.
Militsiya kelishi bilan ularni tashqarida kutib turgan taksi haydovchisi va boshqa sheriklari qochib qoladi. O'lim bilan tahdid qilish, guruh bo'lib jinoyat sodir etish kabi ayblar bilan 10 yilga kesishadi. Menga qamoqdan o'g'lim bir xat chiqaradi. Unda "Oyijon, bir amallab menga advokat yollang, biz xonadon egasiga qo'l ham tegizmadik, ammo u o'n yil jazo beringlar debdi, agar advokatga kuchingiz yetmasa, mayli men chidayman", deb bitilgandi. 1999 yili Islom Karimov amnistiya e'lon qilganini eslayman...Tafsilotlari bbcuzbek.com, Facebook va qolgan ijtimoiy muloqot tarmoqlaridagi sahifalarimizda.#bbc #bbcuzbek #uzbekistan #tashkent #islamkarimov #узбекистон #узбекистан #узбек #тошкент #world #travel #shavkatmirziyoev #shavkatmiromonovichmirziyoyev #люди #life #people #uzbekistanpolitics #uzbekistanelections2016 #uzbekistanpresidentialelections #uzbekamnesty #uzbekprisoners #uzbekhumanrights

Ozodlik radiosi va boshqa axborot manbalari xabar tarqatishicha, O'zbekistonning eng uzoq vaqt tutqunlikda saqlangan siyosiy mahkumi Samandar Qo'qonovni ozodlikka chiqarishga qaror qilingan. "Oxirgi ajrim bekor bo'ldi¸ Samandar akani uyga olib ketinglar" deb telefon qilishdi", deb aytgan Samandar Qo'qonovning qarindoshlaridan biri. 72 yoshli Samandar Qo'qonov O'zbekiston qamoqxonasida 23 yil 4 oy saqlandi. U 2016 yil oktyabrida ozod etilishi lozim edi. Biroq yaqinlari 7 oktyabrda Samandar Qo'qonov ustidan mahkama bo'lib o'tgani va qamoq jazosiga yana 3 yil qo'shib berilgani haqida maktub olganlar. Maktubda Samandar Qo'qonovning muddatini uzaytirish mahkamasi Navoiy viloyatidagi Zarafshon shahar sudida bo'lib o'tgani va O'zbekiston Jinoyat Kodeksining 221-moddasi qo'llanib, jazo muddati yana 3 yilu 5 kunga cho'zilgani xabar qilingan.
Toshkent viloyatidagi Chinoz neftni qayta ishlash korxonasi sobiq rahbari, O'zbekiston parlamentining sobiq deputati Samandar Qo'qonov 1993 yil yozida qo'lga olingan, uning uyiga vertolyotda qurolli askarlar tashlangan edi. Samandar Qo'qonovni mahkama davlat mol-mulkini talon taroj qilishda aybdor deb topgan, 20 yillik qamoq jazosiga hukm etgan. Muxolifat esa Samandar Qo'qonov marhum prezident Islom Karimovni tanqid qilgani va "Erk" demokratik partiyasini qo'llab-quvvatlagani uchun Karimovning shaxsiy dushmaniga aylanganini aytadi. 2014 yili Samandar Qo'qonovning ilk qamoq muddati tugagan, biroq unga 3 yillik muddati qo'shib berilgan edi. Mahkama Qo'qonov qo'shimcha muddatini 2 yilga tushirgan.Tafsilotlari bbcuzbek.com, Facebook va qolgan ijtimoiy muloqot tarmoqlaridagi sahifalarimizda.#bbc #bbcuzbek #uzbekistan #tashkent #islamkarimov #узбекистон #узбекистан #узбек #тошкент #world #travel #shavkatmirziyoev #shavkatmiromonovichmirziyoyev #люди #life #people #uzbekistanpolitics #uzbekistanelections2016 #uzbekistanpresidentialelections #uzbekamnesty #uzbekprisoners #uzbekhumanrights #samandarqoqonov

O'zbek rasmiylari o'tgan hafta Samarqandga tashrif buyurgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'on bilan muzokaralar chog'ida Turkiyadagi o'zbek muxolifati rahbari Muhammad Solihni mamlakatdan chiqarib yuborishni talab qilishgan. Bu haqda Bosh vazir va Prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev payshanba kuni Toshkent shahar saylovchilari bilan uchrashuv chog'ida ma'lum qilgan. Uchrashuv ishtirokchilaridan birining BBCga aytishicha, janob Mirziyoyev Muhammad Solihning chiqarib yuborilishi Turkiyaning O'zbekistonga do'stligining "amaldagi isboti" bo'lishini aytgan. Turkiya tarafining bu borada o'zbek tomoniga biron va'da bergan-bermagani ma'lum emas. Prezident Erdo'g'onning matbuot xizmati vakili BBCga muzokaralar tafsilotlaridan xabari yo'qligini aytdi. O'tgan juma Erdo'g'onning Samarqandga tashrifi chog'ida ikki tomon o'zaro aloqalarda "yangi sahifa" ochishga kelishganlar. Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho'g'li O'zbekiston Turkiya fuqarolariga vizani bekor qilishi mumkinligini aytgan. Ayni manbaning Mirziyoyev so'zlaridan iqtibos keltirishicha, Turkiya tomoni Samarqand viloyatining Urgut tumanida tashkil etilishi rejalanayotgan erkin iqtisodiy hududga sarmoya kiritish istagini bildirgan.Tafsilotlari bbcuzbek.com, Facebook va qolgan ijtimoiy muloqot tarmoqlaridagi sahifalarimizda.#bbc #bbcuzbek #uzbekistan #tashkent #islamkarimov #узбекистон #узбекистан #узбек #тошкент #world #travel #shavkatmirziyoev #shavkatmiromonovichmirziyoyev #люди #life #people #uzbekistanpolitics #uzbekistanelections2016 #uzbekistanpresidentialelections #uzbekamnesty #uzbekprisoners #uzbekhumanrights #turkey #uzbekopposition #turkeypresident #presidenterdogan

O'zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev aholining elektr ta'minoti bilan bog'liq muammosini yechishga va'da bergan. Bu haqda janob Mirziyoev seshanba kuni Samarqandda saylovchilar bilan uchrashuv chog'ida gapirgan. 4 dekabr kuni o'tadigan saylovlarda O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoev o'zi boshliq bo'lgan hukumat "shahar va qishloq aholisining elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash dasturini amalga oshirishni rejalayotgani"ni ma'lum qilgan. U "aholi va korxonalar tomonidan elektr quvvati yetkazib berish masalasida ko'plab e'tirozlar borligi"ni tan olgan. Mirziyoevning so'zlariga ko'ra, "mamlakat bo'yicha 67 foiz past kuchlanishli elektr tarmoqlari eskirgan bo'lib, transformator punktlari zo'riqib ishlamoqda. Tafsilotlari bbcuzbek.com, Facebook va qolgan ijtimoiy muloqot tarmoqlaridagi sahifalarimizda.#bbc #bbcuzbek #uzbekistan #tashkent #islamkarimov #узбекистон #узбекистан #узбек #тошкент #world #travel #shavkatmirziyoev #shavkatmiromonovichmirziyoyev #люди #life #people #uzbekistanpolitics #uzbekistanelections2016 #uzbekistanpresidentialelections #uzbekamnesty #uzbekprisoners #uzbekhumanrights

Most Popular Instagram Hashtags