[PR] Gain and Get More Likes and Followers on Instagram.

#karimovfund

1 posts

MOST RECENT

Mustaqil Oʻzbekistonning ilk prezidenti xotirasi uchun uning bevasi Tatyana Karimova va kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva tomonidan taʼsis etilgan Karimov fondi iqtidorli yigit-qizlarning xorijda taʼlim olishini moliyalashtirish boʻyicha tanlov eʼlon qildi. "Karimov" fondi Yevropa va AQSh oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olish niyatida boʻlgan, Oʻzbekiston hamda chet el oliygohlarini muvaffaqiyatli bitirgan, kamida bitta xorijiy tilni mukammal biladigan iqtidorli va isteʼdodli yigit-qizlar orasida tanlov boshlagan. Fond tabiiy fanlar (qayta tiklanuvchi energiya manbalari, kimyo), suv va yer resurslarini boshqarish, mashinasozlik texnologiyalari, oziq-ovqat texnologiyalari, oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-ovqat ishlab chiqarish va marketingi, arxitektura (shaharsozlik, tarixiy obidalarni muhofaza etish va qayta tiklash), dizayn (mahsulot dizayni, sanoat va meʼmorchilik dizayni), rassomlik mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim oluvchilarga grantlar taqdim etadi.Tafsilotlari bbcuzbek.com, Facebook va qolgan ijtimoiy muloqot tarmoqlaridagi sahifalarimizda.#bbc #bbcuzbek #uzbekistan #tashkent #islamkarimov #узбекистон #узбекистан #узбек #тошкент #world #travel #shavkatmirziyoev #shavkatmiromonovichmirziyoyev #люди #life #people #uzbekistanpolitics #uzbekistanelections2016 #uzbekistanpresidentialelections #lolakarimovatillyaeva #karimovfund

Most Popular Instagram Hashtags