#islamkarimovfund

MOST RECENT

Bu haqda O'zbekiston marhum prezidenti Islom Karimovning kenja qizi turli ijtimoiy-muloqot tarmoqlaridagi shaxsiy akkauntlarida xabar bergan. Lola Karimova-Tillaeva onasi Tatyana Akbarovna Karimova bilan Islom Karimov nomidagi jamoatchilik xayriya jamg'armasini ta'sis etganliklarini aytgan.
Bu xabar prezident Karimov vafotidan ikki yarim oy o'tib o'rtaga chiqqan. Alohida ta'kidlash joiz, bungacha O'zbekistonda marhum prezident Islom Karimov nomida na jamg'arma va ochiladigan bo'lsa, na-da muzey bo'lgan. Qolgan aksariyat mintaqa davlatlari liderlari bilan solishtirganda, bu masalada prezident Karimov o'zining kamtarligi bilan alohida ajralib turgan. Mustaqil O'zbekistonning birinchi va o'tgan chorak asrlik vaqt davomidagi yagona prezidenti bo'lgan Islom Karimov shu yilning 2 sentyabr kuni miyasiga qon quyilishi oqibatida 78 yoshda hayotdan ko'z yumgandi. Buni Lola Karimova-Tillaeva ham o'zining kirish so'zidayoq alohida ta'kidlagan. "Otamning xotiralari va hayotiy tamoyillarini abadiylashtirish maqsadida onam bilan birga Islom Karimov nomidagi jamoatchilik xayriya fondiga asos soldik", - deb yozgan u o'zining "Facebook" dagi akkauntida. So'nggi bildirishnomasidan O'zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar UNESCO jamg'armasi qoshidagi doimiy vakilasi bo'lgan marhum prezident kenja qizining Toshkentda ekani anglashiladi.Tafsilotlari bbcuzbek.com, Facebook va qolgan ijtimoiy muloqot tarmoqlaridagi sahifalarimizda.#bbc #bbcuzbek #uzbekistan #tashkent #islamkarimov #узбекистон #узбекистан #узбек #тошкент #world #travel #shavkatmirziyoev #shavkatmiromonovichmirziyoyev #люди #life #people #uzbekistanpolitics #uzbekistanelections2016 #uzbekistanpresidentialelections #lolakarimovatillyaeva #tatyanaakbarovna #islamkarimovfund #лолакаримоватиллаева #татьянаакбаровна #гулнаракаримова

Most Popular Instagram Hashtags