#hikoyalar

206 posts

TOP POSTS

Yigit: Muzqaymoq qancha?
Ofitsiant: 7 ming sum
Yigit: Sal kichikrog'ichi?
Ofitsiant (Jaxli chiqib): 6 ming sum
Yigit: Shunaqasidan olib keling... Oradan vaqt o'tdi yigit ketdi, ofitsiant bo'sh idishni olib ketgani kelganida birdaniga ko'zida yosh to'ldi stolda 1000 sum pul turgan edi. XULOSA: ( Hayotda barchani xursand qiling xattoki arzimagan kichik narsa bo'lsa ham )
#dilsozim #aforizmlar #iqtiboslar #hayot #dilsozimaforizmlar #dilsozimiqtiboslar #hikoyalar #hikoya

MOST RECENT

☺️ Mening kitoblarim. My books. Мой книгы.
#book, #китоб, #nazm, #hikoyalar, #adabiyot, #книга, #рассказы, #стихи, #stories,
#poems, #literature

......😎Boshi oldingi rasimlarda
Hovli jimib qoldi. Qumri ona-bolaga supada joy solib berdi. Kampir bolasiga tikilib mijja qoqmadi. Bo'rixon to'ygunicha ichgan edi. Ogzidan gup-gup aroq hidi kelib turibdi. Kampir ro'molining uchi bilan burnini berkitgancha o'tiribdi. Rosdan ham shu mening bolammi, deb o'ylardi kampir. Qarib ketibdi, sochlari to'kilib, boshining yarimi yalangochlanib qopti. Kop ichadigan odamlardagina bo'ladigan zaxil bir befayzlik zohir edi uning yuzlarida. Ko'zlarining tagi salqigan, tishlari tamakidan jigarrang tusga kirgan. U otasi o'tgan uyda, tuqqan onasiga, jigarlariga begona bolib beparvo yotibdi.

Saodat aya uni chaqaloqligida xuddi shu supada beshikka belab tebratardi. Uch yoshga kirguncha shu supada bag'rida olib yotgan edi. Bo'rixon domboqqina bola bolgandi. Uni yomon kozdan asrasin, deb kiyimlariga tumoru ko'zmunchoq taqib qoyardi. Sultonimga atab unga kokil qo'ygan edi. Olti yoshga to'lganda uni er-xotin Turkistonga olib borib hazrat Yassaviy maqbarasining shayxiga ataganlarini berib, kokilini kestirishgan, qo'y soyib xudoyi qilishgan edi.

Bo'rixon u yonboshidan bu yonboshiga ag'darildi. Shunda... shunda uning ustidagi oq choyshab sirg'alib yelkalari, ko'ksi ochilib qoldi. Kampir badanidan chayon o'rmalagandek seskandi. O'zini orqaga tashladi.
Bo'rixonning bo'ynidagi zanjir uchida but yaltiradi. Kampirning ko'zlari tindi. Bir dam uni shuur tarq qildi. Telbadek sapchib o'rnidan turdiyu ayvon tomonga chekindi... Bo'rixon armiya xizmatini o'tagandan keyin ham uyga qaytmadi. O'rmon ichkarisidagi qishloq butxonasi qo'ngiroqchisining erdan qolgan qiziga oshiqu beqaror bo'lib qoldi. Qallig'ining otasi, boshqa dindagi odamga qizimni bermayman, deb turib oldi. Qiz Borixonni xristian diniga kirishiga undadi. Ishq- muhabbatdan ko'zini parda bosgan Bo'rixon hech ikkilanmay rozi bo'ldi. Uni cherkovda cho'qintirishdi. Keyin cherkov oqsoqoli kelin bn kuyovga toj kiydirib,nikoh oqidi. Ana shundan keyin Borixon xotini, qaynonasi bilan har kuni cherkovga borib cho'qinadigan bo'ldi. Qaynotasi o'lgandan song uning o'rniga cherkov qong'iroqchisi qilib qo'yishdi.

Davomi kamentariyalarda....↓↓↓
#hikoyalar
#hikoya
#kitoblarolami

😎QORAKO'Z MAJNUN
Hadisi sharifdan:
"Jannatga kiradigan o'n nafar hayvondan biri bu- " As-hobi kaxf" ning vafodor itidir" (Al-jome al-Kabir.)
Saodat aya bomdod nomozini o'qib, joynamoz poyida uzoq o'tirib qoldi. Bundan uch yil oldin olamdan o'tgan eri usta Turobga atab Qur'on tilovat qildi. O'ris shaharlarida daydib qolib ketgan o'g'li Bo'rixonga xudodan insof tiladi.Baxti ochilmay, guldek umri xazon bo'layotgan qizi Qumriga achinib, shu farishtaginaning yo'lini och, deb Alohga iltijo qildi.
Kampir har sahar ichki bir ezginlik bilan shu gaplarni takrorlardi. U qo'l cho'zib , joynamozning bir burchini qayirib o'rnidan turdi. Sentabr oyoqlab, suvlar tiniqqan, ariq tublaridan bola-baqra tashlab yuborgan piyolami, choynak qopqog'imi, qoshiqmi shundoqqina ko'rinib turibdi. Qirg'oqlar zax tortib, ekin-tikin suv so'ramay qo'ygan palla.
Qo'shni hovlilardan maktabga ketayotgan bolalarning injiqliklari, harxashalari , onalarning yalinib-yolborishlari eshitilib turibdi. Kampir bu tovushlarga bir dam quloq tutib, boshini tebratib, kulib qo'ydi. Saodat yoshligida juda chiroyli qiz bo'lgandi. Sochlari taqimini o'pardi. Tarangda shamshod taroq ushlagan qo'llari sochining uchigacha yetmasdi. Yarimini qisimlab turib, buyog'ini tarardi. Opasi bu sochlarni qiriqta qilib o'rganda, yana shunchasi ortib qolardi. -E soching qursin!- derdi opasi. - Qollarim ogrib ketdi, sochingni ordirishga odam yollaskh kerak. Kochada amirkon mahsi kovushini girchillatib, sochlarini selkillatib yurganda qaragan qarardi, qaramagan ham. Yosh qizaloqlar orqasidan kelib, sochlarini ko'ziga surtib qochishardi.

Mana, yillar otib soch ham oqardi, siyraklashdi-yu bar bir osha uzunligicha qoldi. Uchiga biror narsa taqmasa, hurpayib, bo'yni, yelkalarini tutib ketadi. Shuning uchun ham u sochining uchiga o'g'ri tutar sandiqning kalitini osib qo'yadi. Sandiqni ochayotganda kalitni yechib olmaydi. Sochi uzun bo'lgandan tizzalasa kalit bemalol qulfga yetadi. Endi yangi uylarga sandiq urf bo'lmay qoldi. Hamma uyni po'rim javonlar bosib ketdi. Bundan tashqari, qulfni daranglatib ochadigan kalitlarni yasaydigan ustalar qolmagan. Davomi komentariyalarda......↓↓↓↓#hikoyalar

⚜UKKI - Juda aniq test! Mana bu ukkilar sizning xarakteringiz haqida so'zlab beradi!Ulardan Birini Tanlang! ⚜

1. Siz ko'p narsani biladigan va qiziquvchan insonsiz. Ongingizning yangi va qiziq narsalarni muntazam o'rganish borasidagi ehtiyoji anchayin yuqori. Siz yetarlicha ochiq kishisiz. Biroq asosiy kamchiligingiz - o'zingizga taalluqli bo'lmagan ishlarga ham burun suqishingizdir. Xarakteringizning aynan mana shu jihatini bartaraf etishingiz kerak. ⚜

2. Siz me'yorida qiziquvchan va juda ham soddasiz. Ichingizda hali-hamon kichik bolakay yashaydi. Atrofdagi borliq siz uchun qiziq, shu bilan bir qatorda yovuzlik va o'zgalarga yaxshilikni ravo ko'rmaydiganlarning orasida yashash bir qadar mushkul. Havotirlanmang, tez fursatlarda barchasi o'z iziga tushadi. ⚜

3. Siz - sovuqqonsiz!
Xattoki 30 darajadagi iliq harorat ham sizga sovuqdek tuyulaveradi. Atrofdagi barcha narsa sizni tashvishga soladi, qo'rqasiz. Lekin bunday davom etishi kerak emas-da. Qo'rquvlaringizni yengib o'tib, hech kimning xayoliga kelmagan ishlarni qilishga harakat qiling. ⚜

4. Siz o'ziga ishongan insonsiz va yangi marralarni zabt etishga intilyapsiz. Ammo bu ishda birgina narsa sizga halal bermoqda. Gap bolalarcha soddalik haqida boryapti. Ulg'aying, ana shunda ko'zlagan maqsadlaringa erishasiz. ⚜

5. Siz - pessimistsiz.
Shunchaki tabiatan pessimist kishisiz holos. Sizni o'zgartirish yoki siz bilan murosaga kelish mushkul. O'zgarishingiz lozim, shundagina boshqalar sizga nisbatan o'zgacha munosabatda bo'ladilar. ⚜

6. Siz mag'rur va o'ziga bino qo'ygan insonsiz.
Siz hammaga o'ta yuqoridan qaraysiz. Bunday yashab bo'lmaydi, bunday davom etaversa, chindan yaxshi bo'lgan insonlar siz bilan do'stlashmay qo'yadilar.

#uz #uzb #uzbekcha #Афоризмы #aforizmlar #manoli_sozlar #sherlar #hikoya #hayotiy #gaplar #hayotkundaligi_ #aforizmlar #hayot_saboqlari #hikoyalar #фразы #statuslar #dildagi_sozlar #psixologik #test

✍Ўйлаб кўрдингизми... 💰-Мол-дунёйимиз ортди, аммо ҳузур-ҳаловатимиз йўқолди. 🏫-Қулайликлар ортди, аммо вақтимиз камайди. 💊-Дорилар кўпайди, касалликлар озаймади. 😴-Кеч ётиб, эрталаб чарчоқ билан уйғонамиз. 📚-Кам китоб ўқиймиз, кўп телевизор кўрамиз. 🤔-Кўп гапирамиз-у, кам эътибор берамиз. 💵-Пул топишни ўргандик, сарфлашни эплолмадик.
🚀-Ойга учиб-қайтишни биламиз, лекин қўшнимиз билан кўришишга икки қадам босолмаймиз. 🔭-Фазода нималар бўлаётганини биламиз-у, ички кечинмаларимиздан хабаримиз йўқ. 🖼-Ҳавони тозалаймиз, лекин руҳларимиз кир. 📑-Режалар тузамиз-у, натижалар кўринмайди. 🏃-Шошилишни ўргандик, сабрни ёддан чиқардик. 👬-Танишларимиз кўп, ҳақиқий дўстларимиз кам.
🏆-Ютуқларимиз кўп, негадир қувончимиз оз... © XayotKundaligi ✍

#uz #uzb #uzbekcha #Афоризмы #aforizmlar #manoli_sozlar #sherlar #hikoya #hayotiy #gaplar #hayotkundaligi_ #aforizmlar #hayot_saboqlari #hikoyalar #фразы #statuslar#dildagi_sozlar

БЕШ ХИЛ ОДАМНИ ДУ'СТ ТУТМАНГ... Имом Жаъфар Содиқ розияллоҳу анҳу насиҳат қилиб, КИМЛАР БИЛАН ДУ'СТ бўлиш ҳақида шундай деган эканлар: «БЕШ ХИЛ ОДАМНИ ДУ'СТ ТУТМА! ✅Биринчиси – ЁЛГОНЧИ..!
У билан дўст бўлсанг, доим АЛДАНАСАН...
У саробга ўхшайди... Узоқни яқин, яқинни эса узоқ қилиб кўрсатади... ✅Иккинчиси – АХМОК,..!
У билан ҳеч нарсага эришмайсан, у сенга фойда келтираман деб, ЗИЁН келтириб қўяди... ✅Учинчиси – БАХИЛ..! Бахилни дўст тутма, чунки бахил киши сен унга энг МУХТОЖ бўлиб турган пайтингда алоқани УЗАДИ... ✅Тўртинчиси –К,У'РК,ОК, ...!
Қўрқоқ билан дўст бўлма, чунки у қийинчилик пайтида сени ТАШЛАБ қочади... ✅ Бешинчиси – ФОСИК, ..!
У билан ҳам дўстлашма, чунки у бир луқма таом ёки ундан ҳам оз нарса учун сени СОТАДИ». У зотдан «Бир луқма таомдан ҳам ОЗИ нима бўлиши мумкин?» деб сўрашганда «Ундан ҳам ози ўша нарсага нисбатан пайдо бўлган ТАЪМА ва ИЛИНЖДИР», деган эканлар

#uz #uzb #uzbekcha #Афоризмы #aforizmlar #manoli_sozlar #sherlar #hikoya #hayotiy #gaplar #hayotkundaligi_ #aforizmlar #hayot_saboqlari #hikoyalar #фразы #statuslar#dildagi_sozlar

Kel seni Dunyoimga , mehmon qilayin..... Kör" Sevgi " nima " Muhabbat " nima?
Kel seni bir zumga .....sendan ayiray .... Kör_ Senli dunyoda " Sensizlik " nima !

#uz #uzb #uzbekcha #Афоризмы #aforizmlar #manoli_sozlar #sherlar #hikoya #hayotiy #gaplar #hayotkundaligi_ #aforizmlar #hayot_saboqlari #hikoyalar #фразы #statuslar

Ўзлигингни ўрган! 👉Бизга азоб берган инсонлар, xудди биз каби азобланган инсонлардир. 👉 Ўтмиш ўтиб кетди. Бу – факт, ва энди хеч нарса қилиб бўлмайди. Фақат ўтмиш ҳақидаги ўйларимизни ўзгартира оламиз. Ахир ўшанда сизни хафа қилган инсонни деб, шу кунгача ўзингизни жазолашингиз тўғрими? 👉Касал бўлиб қолганингизда, юрагингиздан кечиришилиши керак бўлган инсонни қидиринг.
👉 Ўзимиз ҳақимиздаги фикримиз биз учун xақиқатга айланади. Чунки ҳар бир ўйимиз келажагимизни яратади. 👉 Ўзингизни маъқуллаб, борлигингизча қабул қилишингиз ҳаётингиздаги ижобий ўзгаришлар калитидир. 👉Ўзни севиш – борлиғингизни ва борлигингизни ҳар куни байрам қилиб, Яратганга ҳаёт туҳфа қилгани учун миннатдорчилик билдиришдир. 👉Нимаики берсангиз, қайтиб оласиз. 👉Кимнидир ўзгартириш учун аввал ўзингиз ўзгаринг. Фикрларингиз йўналишини ўзгартиринг. 👉Ҳаётимизда осонликча эришганларимиз – дарс эмас. Бу биз билган нарсалардир. 👉Танамиз доим биз билан гаплашади. Уни эшитишга вақт топганимизда эди, танамизнинг ҳар бир ҳужайраси ҳар бир сўзимиз ва ҳар бир фикримиздан таъсирланарди. 👉Сизни баxтсиз қиладиган хаёллардан қочинг. Ўзингизга ёққан ишни қилинг, кўришганда кўнглингиз ёришадиган инсонлар билан учрашинг. 👉Ажойиб нарсаларга эга бўлишни истасангиз, биринчи навбатда уларга эриша олишингизга ишонинг. 👉Севги кутилмаганда келади. Ўзингизга мос инсонни жон жаҳдингиз билан қидириш эса руҳий азобларга дучор этади. 👉Фарзандларимизга бера оладиган энг яxши нарсамиз — уларни ўзларини севишга ўргатишимиз. 👉Айбдорлик ҳисси кераксиз ҳис. У ҳеч қачон ҳеч кимга ёрдам бермайди, вазиятни ўзгартириш кучига ҳам эга эмас. Шундай экан, ўзингизни бу ҳисдан озод қилинг.

#uz #uzb #uzbekcha #Афоризмы #aforizm #manoli_sozlar #sher #hikoya #hayotiy #gaplar #hayotkundaligi_ #aforizmlar #hayot_saboqlari #hikoyalar #фразы

Most Popular Instagram Hashtags